«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasining 14-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda bitta gol muallifiga aylandi.
Frantsiyalik futbolchi uchun ushbu gol Ispaniya chempionati doirasida 2019 kalendar yilida kiritilgan 25-to'p bo'ldi. «PSJ» forvardi Kilian Mbappe ham ushbu yilda Frantsiya chempionati doirasida shuncha gol urgan.
Faqat ikki futbolchi milliy chempionatlar doirasida ulardan ko'p urgan: «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski (28) va «Barselona» sardori Lionel Messi (29).