«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 14-turida bo'lib o'tgan «Sosedad»ga qarshi o'yin (3:1)da ishqibozlarning Garet Beylga nisbatan qilgan hushtakbozliklari yuzasidan fikr bildirdi.
«Umid qilaman, bu hushtakbozlik to'xtaydi. Muxlislar boshidan oxirigacha bo'lishini istaymiz. Ishqibozlar o'zlari istagandek ish tutishga haqli, ammo men ulardan barcha o'yinchilarni olqishlarini so'rayman. Men o'yindan va g'alabadan qoniqish hosil qildim.
Beylga nisbatan qilingan hushtakbozlik adolatdanmi yoki yo'qmi, buni ayta olmayman. Har kim istagan narsasini o'ylashi mumkin. Bizga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi kerak. Eng yaxshi o'yinchilarga nisbatan hushtakbozlik qilishadi, Beyl esa o'yinga yaxshi qo'shildi va ishlashda davom etishi kerak.
Uning atrofida gap-so'zlar haddan tashqari ko'p. U biz bilan bo'lishni va yaxshi o'ynashni xohlaydi. U jamoaning bir qismi», – dedi Zidan.