«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl «Real Sosedad»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning (3:1) 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Uelslik futbolchi so'nggi bir yarim oy ichida "Qirollik klubi" safida ilk marta o'yinda ishtirok etdi.
«Santyago Bernabeu»ga yig'ilgan muxlislar Beylni hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Beyl har safar to'p bilan muomalada bo'lganida hushtakbozlik davom etdi.
Bundan tashqari, ba'zi muxlislar o'ziga xos banner bilan futbolchining Uels terma jamoasi safidagi qilig'iga javob qaytarishdi.
"Rodrigo - Vinisius - Luka - Beyl. Shunday tartibda".
Beyl «Real»ning uchinchi golida ishtirok etdi. Golni nishonlash chog'ida Kazemiro Garetning yoniga yugurib kelib, jamoadoshlari uni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.