«Real» sardori Serxio Ramos mavsum yakunlari haqida gapirdi.
«Zidan o'zidan oldingi barcha murabbiylarning rekordini yangiladi. U futbolchilik iqtidorini murabbiylikka ko'chira oldi. Futbolchilar ishonchini qozondi, bunday katta klubda bu ish oson emas. Biz u bilan juda yaqinmiz.
Futbolda o'z yutuqlaringdan zavq olishga vaqt topolmaysan. To'rt yil ichida uch marta EChL g'olibi bo'ldik, bunga aql bovar qilmaydi. Faoliyatimni yakunlagach, erishgan yutuqlarim haqida fikr yuritaman, medallarimni tomosha qilaman.
2017 yil men uchun juda yaxshi o'tdi. «Real»da yana ko'p vaqt to'p surishga qodirman. Jismonan va ruhan o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman.
Yangi mavsumda, Mayamida «Barselona» bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz. Demak, iloji boricha tezroq jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz kerak. Bu bilan yangi sovrinlar sari yo'lga chiqishdan oldin «Manchester Yunayted» va «Barselona»ga qarshi o'yinlarda o'zimizni sinab ko'rishimiz mumkin bo'ladi» - dedi Ramos.