Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eden Azar: «Meni tug'ruqxonadan uyga emas, stadionga olib borishgan»

Kamtar, mehnatkash, o'ziga talabchan – bu xislatlar «Real» futbolchisi Eden Azarda mujassam. Uning quyidagi fikrlari ham xarakteri borasida xulosa chiqarishimizga imkon beradi.

.
- Yuklab olish

Kamtar, mehnatkash, o'ziga talabchan – bu xislatlar «Real» futbolchisi Eden Azarda mujassam. Uning quyidagi fikrlari ham xarakteri borasida xulosa chiqarishimizga imkon beradi.

***

Joze Mourino «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimidan chetlatilganda, men unga telefon orqali xabar yubordim. Men undan kamchiliklarni ayta olmaganim uchun kechirim so'radim – bu ham o'sha davrda yomon o'ynay boshlashimizning sabablaridan biri edi».

***

«Aniq aytish qiyin, lekin ikki yoki uch yoshligimdan beri doimo to'p bilan o'ynab kelaman. Men futbolga oshiq edim, bu haqiqat. Otam yaxshi futbolchi edi. Bir kuni onam ajoyib bir voqeani aytib berdi: biz tug'ruqxonadan chiqib, to'g'ri stadionga borgan ekanmiz, chunki o'sha kuni dadamning muhim o'yini bor ekan».

***

 «Men Patrik Klyuyvert bilan birga qanday mashq qilganimizni eslayman. Menga uning ruhiyati juda yoqadi. Biz sport zalida shug'ullanardik, u diqqat-e'tiborini mashg'ulotlarga qaratgan, men esa uni tomosha qilib turibman. Shunda Patrik mening yonimga kelib: «Eden! Sen ham shunday qilishing mumkin!” dedi. Klyuyvert qattiqqo'l yigit va kuchli futbolchi edi. Xususan, uning sharofati bilan futbol shunchaki o'yin emasligini angladim: agar biron narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, o'z ustingizda har kuni ishlashingiz va o'z mahoratingizni oshirishingiz kerak".

***

“Men instinktlarga tayanib o'ynayman. Keyingi daqiqada nima qilishim kerakligi haqida o'ylamayman. Agar maydonda improvizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo'lsam, u holda o'z instinktlarimga to'la taslim bo'laman. Improvizatsiya – bu mening hamma narsam”.

***

"Zamonaviy futbol haqida ko'plab filmlar va dasturlar suratga olindi, internetda ko'plab videolarni topishingiz mumkin. Ammo yoshligimda Ronaldino, Robino va boshqa texnikasi kuchli futbolchilarning o'yinlarini tomosha qilardim. Ular menda juda katta taassurot qoldirishdi: bu o'yinchilar hech qachon hiyla ishlatishdan qo'rqishmaydi"

***

"Agar raqiblar meni shafqatsiz tazyiq bilan to'xtatmoqchi bo'lsalar, meni go'yo xoch kabi kesib tashlashsa, jang usullarini ishlatmoqchi bo'lsalar ham – muammo yo'q. Men hammasini ko'taraman!”

***

"Men to'p bilan o'ynashim bilanoq doimo bir xil vazifani bajaraman: ijodkor bo'lishim va biror narsa yaratishim kerak".

***

"Agar men boshqa bosqichga o'tib, yangi cho'qqilarni zabt etishni istasam, albatta, bundan ham ko'proq g'alaba qozonishim kerak!"

***

"Men futbolni juda yaxshi ko'raman. Murabbiy meni qaysi pozitsiyaga qo'yishni o'ylashi shart emas: chap qanotda, o'ngda yoki hatto markaziy hujumda. O'z klubimga osongina yordam bera olaman. Bu mening ishim!”

***

"Bolaligimizda ukam Torgan bilan hovlida to'p tepardik va bir kun klubda yoki hattoki terma jamoada o'ynashni orzu qilardik. Mana, hammasi muvaffaqiyatli bo'ldi".

***

"Menga dam olish kerakmi? Yo'q, muntazam o'ynashni yaxshi ko'raman, pauzalar kerak emas. Menga futbol yoqadi, maydonda bo'lishni va vazifalarni hal qilishni yaxshi ko'raman. Albatta, organizm dam olishi lozim bo'lgan paytlar ham bo'ladi: bu holda murabbiyning meni zaxirada qoldirish haqidagi qaroriga xotirjam munosabat bildiraman, chunki men keyingi uchrashuvga tayyor bo'lishim kerak».

***

"Hayotimdagi birinchi professional shartnomamni imzolagan kun esimda bormi? Ha, juda aniq! O'sha paytda men shartnomani imzolaganimda xonada onam va otam, shuningdek, futbol akademiyasining direktori ham bor edi. O'ylaymanki, ular men bilan faxrlanishdi. Men birinchi guruhdan mashg'ulotlarni erta boshladim, 15 yoshda edim. Debyutimni esa o'n olti yoshimda o'tkazdim".

***

"Men uchun martaba va e'tiqod juda muhimdir. Asosiysi, jamoangiz uchun foydali bo'lish, mavsum so'ngida ramziy terma jamoalarga kirish esa ikkinchi darajali.

***

"Mening vazifam – gol urish va sheriklarimga yordam berish. Ammo bir vaqtning o'zida himoyaga qaytishim kerak – muammo yo'q. Men juda yoshman va baquvvatman, shuning uchun uzoq masofalarni muammosiz bosib o'tishim mumkin».

***

 «Iqtidorni pulga sotib ololmaysiz. Agar u o'zingizda bo'lmasa, yaxshisi, boshqa ishni tanlang».

BestMaster
22 Noyabr 2019, 11:00
azar, «meni, tugruqxonadan, uyga, emas, stadionga, olib, borishgan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 magnifico  
gap yoq Eden olga
23 Noyabr 2019, 13:36
 u7777u  
Эден га омад
23 Noyabr 2019, 16:57
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads