"Real" klubi yaqinda iste'foga chiqarilgan Maurisio Pochettino variantiga qaytdi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Florentino Peres "Real"ning Zidan boshqaruvidagi natijalaridan qoniqmayapti. Shuning uchun frantsiyalik mutaxassisning o'rniga nomzodlar izlayotgandi. Pochettinoning iste'fosi esa Peres uchun ayni muddao bo'ldi.
Manbaga ko'ra, "Real" rahbariyati Pochettinoga taklif bilan chiqishga tayyor.