"Real" klubi jamoa a'zosi Garet Beylning Uels termasi safidagi xatti-harakatiga munosabat bildirdi. Eslatib o'tamiz, Beyl terma jamoasining Evro-2020 musobaqasiga yo'l olganini "Uels, golf, Madrid. Ayni shu tartibda" so'zlari yozilgan bayroq bilan nishonlagandi.
"Qo'pol hazil", – deya javob berdi "Real". Shuningdek, klub Beylning xatti-harakatlarida g'azablanish va befarqlik borligini ta'kidladi.