"Real" hujumchisi Garet Beyl Uels terma jamoasining "Evro-2020"ga yo'llanma olganini keskin tarzda nishonladi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar tarqatdi.
Vengriya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Beyl muxlislar qo'lidagi bayroqni olib, g'alabani nishonlagan. Bayroqda quyidagi so'zlar bor edi: "Uels, golf, Madrid. Hammasi shu tartibda".
Beyl hatto shu bayroq bilan birga suratga tushishdan ham tortinmagan.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi oktyabr oyidan beri "Real" safida maydonga tushmayapti, ammo terma jamoa safida ikkita o'yin o'tkazdi. Madridda Garetning sevimli mashg'uloti bo'lmish golf bilan shug'ullanishini tanqid qilishadi. Hatto Madridda Beylga "Golf o'yinchisi" deb laqab ham qo'yishgan.