- Menga APL juda ham yoqadi va men undagi ko'plab o'yinlarni ko'rib boraman. Bu ligani dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblayman. U erda misli ko'rilmagan yuqorilash kuzatilmoqda. Premer-ligada eng yaxshi futbolchilar va murabbiylar faoliyat olib borishmoqda. Buning uchun ECHL finalidagi ikki ingliz klubini eslash kifoya. Kelajakda Angliya chempionatidagi jamoani boshqarishni istayman, - deydi Solari.
Eslatib o'tamiz, Solarining so'nggi ish joyi "Real" bo'lgan edi. U "qirollik klubi"ni 2018 yil noyabrdan 2019 yil martiga qadar boshqargan.