«Real» hujumchisi Garet Beyl boshqa jamoaga o'tish evaziga maoshining kamayishini istamaydi.
Manbaga ko'ra, Beyl yozgi transfer paytida «Madrid»ni tark etmoqchi, boisi, qishda yangi jamoa topish qiyin ekanini u tushunib turibdi.
Uelslik futbolchi "Qirollik klubi"da olayotgan maoshidan kamroq maoshga rozi bo'lmoqchi emas. Shuning uchun, katta ehtimol bilan, u Xitoy chempionatiga yo'l oladi. Garetning "Real"dagi yillik maoshi 17 million evroga teng.