Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre "Real" hujumchisi Karim Benzemaning terma jamoaga qaytish imkoniyati haqida gapirdi.
"Benzema ajoyib futbolchi. Men uning futbolchilik mahoratini hech qachon tanqid qilmaganman. Ushbu mavsumda "Real"da namoyish qilayotgan o'yini uning o'z pozitsiyasida jahondagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanini ko'rsatmoqda. Ammo uning Frantsiya terma jamoasidagi faoliyati yakunlandi", - dedi Le Gre.
Eslatib o'tamiz, Benzema 2015 yildan beri Frantsiya terma jamoasiga taklif etilmayapti. O'shanda u jamoadoshi Matyo Valbuena bilan mojaroga borgan edi.
Benzema terma jamoa safida 81ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan.