"Marca" xabariga ko'ra, "RTVE", "Mediaset" va "Atresmedia" kanallari o'yinlarni Saudiya Arabistonidan translyaciya qilishni istashmayotganligini, ushbu davlatda odamlarning huquqlari hurmat qilinmasligini malum qilishgan.
Oldinroq taqdim qilingan rasmiy xabarga ko'ra, Ispaniya Superkubogining o'yinlari navbatdagi uch yil davomida Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Superkubokning yangi formatiga ko'ra, turnirda 4 jamoa - chempion, vice-chempion, Ispaniya Kubogi g'olibi va finalchisi qatnashadi.