"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat oldi. Ma'lumotlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchining tizzasida muammolar yuzaga keldi.
Futbolchi yaqin orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi ma'lum bo'ladi.
Xames ushbu mavsumda "Real" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.