"Real" himoyachisi Dani Karvaxal Evropa chempionlar ligasida "Barselona"ning guruhdan chiqa olmasligini istashini aytib o'tdi.
"Mug'ombirlik qilmoqchi emasman — men "Barselona"ning Evropa chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmasligini istayman. Ular musobaqada g'oliblikka da'vogar hisoblanishadi. Ular fantastik tarkibga ega. Kuchli jamoalar qanchalik ko'p chiqib ketsa, bizga shuncha yaxshi bo'ladi. Aldab nima qildim, "Barsa" ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida mag'lub bo'lishini istayman", - dedi Karvaxal "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Barsa" EChL guruh bosqichining dastlabki 4ta turida 8 ochko jamg'argan holda "F" guruhida etakchilik qilmoqda. "Ko'k-anorranglilar" keyingi turlarda "Inter" va Dortmundning "Borussiya" klublari qarshi to'qnash kelishadi.