Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata rejalari barbod bo'ldi. Hujumchi keyingi mavsumda Mourinyo bilan emas yana Zinedin Zidan bilan ishlashga majbur. Jamoa rahbarlari Alvaroning qanchalik "MYU"da to'p surishini istashiga qaramasdan, "qizil iblislar"ning taklifini rad etishdi. Endilikda esa Mour jamoasi "Everton"dan Romelu Lukakuni sotib olmoqda.
24 yoshli futbolchi endi jamoa bilan AQSH turnesiga jo'nab ketadi. Morata oldida Antonio Kontening "Chelsi"siga borib qo'shilish varianti ham bor, ammo "ko'k"lar Alvaro uchun 90 mln to'lamaydi.