Ko'pchilik kutganidek Dani Sebalyos "Real Madrid"ga o'tsa, yarimhimoyachi Xames Rodrigezning jamoadan ketishi tezlashib ketishi mumkin. Zidan allaqachon rahbarlarga Rodrigez bo'yicha takliflarni ko'rib chiqib sotishlari mumkinligini aytib o'tgan. O'tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi 1823 daqiqa "Real" libosida to'p surdi. Bu degani umumiy vaqtning 33,38% dagina maydonga tushgan hisoblanadi.
Rahbarlar Dani Sebalyos Luka Modrichga maydon markazida ideal o'rinbosar sifatida, ispanlar esa kelajak Iniestasi sifatida qaramoqda. Agar hammasi risoladagidek ketsa Sebalyos ushbu haftada "Real" futbolchisi bo'lishi mumkin.