Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida bo'lib o'tgan "Eybar"ga qarshi o'yinda "Real" yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Madridliklar ketma-ket 5ta o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormayapti. Demakki, "Qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua o'z darvozasidan to'p olib chiqmayapti.
Bundan tashqari, belgiyalik posbon "quruq" daqiqalar bo'yicha Keylor Navasning rekordini yangiladi. Kosta-rikalik darvozabonning eng uzun seriyasi 517 daqiqani tashkil etgan edi. Kurtua esa 533 daqiqadan beri gol o'tkazib yubormayapti.