Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Eybar» maydoniga safar uyushtirgan «Real», La liganing eng kichik stadionida muammoga duch kelmadi.
Madridliklar dastlabki yarim soat ichida raqib darvozasini 3 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab Benzema hisobni ochgan bo'lsa, so'ngra hakam mezbonlar darvozasi tomon 2ta penalti belgiladi. Serxio Ramos va Karim Benzema ulardan samarali foydalanishdi.
Ikkinchi bo'limda Federiko Valverde "Real"ning to'rtinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa, Zidan jamoasi o'z hisobiga 3 ochkoni qo'shib qo'ydi.
Ispaniya chempionati, 13-tur
Eybar – Real Madrid 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 17 Benzema, 0:2 – 20, penalti Ramos, 0:3 – 29, penalti Benzema, 0:4 – 61 Valverde.
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Xose Anxel, Bigas, Orelyana (Leon, 65), De Blasis, Diop (Eksposito, 81), Eskalante, Inui, Enrik, Kike Garsiya (Sharles, 81).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Kazemiro, Valverde (Isko, 72), Vaskes (Braim Dias, 81), Modrich, Azar (Vinisius Junior, 72), Benzema.