Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales La liganing 10-turidan o'rin olgan «Barselona» va «Real» o'rtasidagi ko'chirilgan o'yin mahalliy vaqt bilan 13:00dan 17:00gacha vaqt oralig'ida o'tkazilishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Klasikoni 13:00da boshlash – bu bema'nilik. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bu La liga reglamentiga mos keladi, deb o'ylamayman. O'z qoidalarini hurmat qilmaslik — bu ahmoqlik. Ular bunga ishga qo'l urishmasa kerak. O'yin kechqurun boshlanadi», – dedi Rubiales.
Eslatib o'tamiz, 26 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan «Barselona» – «Real» uchrashuvi Kataloniyadagi norozilik aktsiyalari tufayli 18 dekabr kuni qoldirilgan edi.