Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi loyiha: “Real”ning asosiy tarkibi qanday bo'lishi kerak?

Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin kuchsizlangani aytilayotgan “Real”da ayni damda boshqa muammolar ham talaygina. Zinedin Zidan har bir musobaqada g'olib chiqa oladigan barqaror asosiy tarkib topa olmayapti, shu boisdan hozir ana shu tarkibni o'zi shakllantiryapti. Aslida, ayni damda Madrid klubida o'z sohasining ustasi bo'lgan 11 ta futbolchini topish mushkul.

.
- Yuklab olish

Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin kuchsizlangani aytilayotgan “Real”da ayni damda boshqa muammolar ham talaygina. Zinedin Zidan har bir musobaqada g'olib chiqa oladigan barqaror asosiy tarkib topa olmayapti, shu boisdan hozir ana shu tarkibni o'zi shakllantiryapti. Aslida, ayni damda Madrid klubida o'z sohasining ustasi bo'lgan 11 ta futbolchini topish mushkul.

Bugundan yangi loyihaga qo'l urdik. Unda tarkibida muammolar mavjud bo'lgan jamoaning asosiy tarkibini tuzib ko'ramiz. Bunda klubning taktikasi inobatga olinadi va ana shu taktikaga mos keladigan futbolchilar tanlanadi. Xo'sh, “Real”ning asosiy tarkibi qanday bo'lishi kerak?

Darvozada — David De Xea

Garchi oxirgi o'yinlarda biroz yaxshiroq o'ynayotgan bo'lsa-da, Kurtua “Real” darajasiga moslasha olmaydigandek ko'rinyapti. U “qirollik klubi”dagi bosimni engishda qiynalmoqda. Shu bois uning o'rniga David De Xea ayni damda eng munosib nomzod hisoblanadi. De Xea nisbatan yosh, tezkor, reaktsiyasi kuchli.

Himoya. Himoyada Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo

Ayni damda ushbu to'rtlik mustahkam himoya chizig'ini tashkil eta olishadi. Agar kimnidir olib kelish kerak bo'lsa, men van Deykni tavsiya qilgan bo'lardim. Chunki “Real”ga bo'yi uzun himoyachi zarar qilmaydi.

Yarim himoya. Markaziy yarim himoyada menda “Real”bop futbolchi bor, bu — Kante. Frantsiyalik futbolchining to'p bilan muomalasi menga juda yoqadi. Oxirigacha kurashadi, to'pni raqibdan olib qo'yadi va tezda oldinga tashlanadi. Ochiq turgan futbolchini topa olsa, to'p bilan ta'minlaydi, topa olmasa, farqi yo'q o'zi ham raqib jarima maydoniga kirib boraveradi. Kazemiro ham yomon futbolchi emas, ammo u Ngolo kabi tezkor emas.

Qanotda esa De Bryuyne nomzodi ma'qulroq. Oxirgi o'yinlarda bu futbolchi shu qadar aniq uzatmalarni amalga oshiryaptiki, hayron qolasan kishi. Kevin de Bryuyne ancha aqlli futbol namoyish etyapti.

Hujum. Ayni damda “Real”ning islohotga eng muhtoj qismi — hujum chizig'i. Garchi Ronaldu ketgach, hujumchi va hujumkor futbolchilar xarid qilingan, klubda yaqqol hujumchilar bor esa-da, hech biri markaziy hujumchi rolini qoyillatayotgani yo'q. Na Karim Benzema, na Luka Yovich. “Qirollik klubi”ning hujum uchligi qanday bo'lishi kerak. Hozirgi tarkibdan Azar va Rodrigo qoladi. Azar sal ozib, formaga kirsa, yana avvalgi o'yinlarini ko'rsata oladi. Rodrigo esa tug'ma iqtidori va hozirgi o'yinlari bilan asosiy tarkibga kirishga loyiq.

Benzema “Real”da 10 yildan beri o'ynayotgan bo'lsa-da, hamon muxlislar ishonchini qozona olgani yo'q. Bundan keyin ham markaziy hujumchi sifatida ishonchni oqlay olishiga ishonish qiyin. “Real”ga har bir o'yinda va har qanday holatda hujumchiga mos ravishda harakat qila oladigan futbolchi kerak. Nomzod kim? Shak-shubhasiz, Mbappe. Kilianda hamma narsa bor, tezlik, zarba, sovuqqonlik. Qolaversa, hali yosh, g'alabaga, sovrinlarga o'ch. Demakki, “Real”ga u, unga “Real” kerak.

Demak, “Real”ning yakuniy tarkibi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi: David De Xea — Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo — Kante, de Bryuyne, Kroos — Azar, Mbappe, Rodrigo.

Xo'sh, sizning variantingiz qanday? Agar “Real”ga bosh murabbiy bo'lganingizda, qanday tarkibni shakllantirgan bo'lardingiz? Siz “Real”da qaysi futbolchilar o'ynashi kerak, deb hisoblaysiz?

Nizomjon ISLOMOV

BestMaster
8 Noyabr 2019, 21:30
yangi, loyiha, “real”ning, asosiy, tarkibi, qanday, bolishi, kerak?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 nrm  
Oblak Arnolt Ramos Sule Marselo Kante Saul Kubo Azar Mbappe Sanco
8 Noyabr 2019, 23:24
 fh240498  
Darvozada: ---De Xea ( handanovich)--- himoya: Carvajal(Hakimi), Ramos(van deyk), Varan( Zouma), Marselo(M.Alonso). yarim himoya: de bruyne( van de bek), kante( casemiro), jorjinyo(eriksen). Hujumchilar: Mbappe (Rodrigo), Levandovskiy( Abraham), Hazard( sterling).
8 Noyabr 2019, 23:46
 kroos8  
Darwoza-kurtua himoya-karwahal.ramos.varan.marselo. yarim himoya-kroos.modric.hames. hujum-benzema.rodrigo.azar
18 Noyabr 2019, 14:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads