«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasida 4-turi doirasida bo'lib o'tgan «Galatasaroy»ga qarshi o'yin (6:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
«Biz o'yin so'ngiga qadar mehnat qildik, to'pni yo'qotgan zahoti tezda pressingga kirishdik. Bu mukammal o'yin bo'ldi».
Rodrigo Goesning xet-triki haqida
«Unda imkoniyatlar yuzaga kelganida, ulardan foydalanmoqda. Uning nimalarga qodirilshini bilardik, lekin bugun u barchasini a'lo darajada bajardi.
Ammo, xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Uni mashg'ulotlarda ko'rgan odam uchun bu syurpriz bo'lmadi. Ammo unga qo'shimcha bosim o'tkazmaymiz.
Rodrigoda barchasidan bor. Uning aql-zakovati menga ko'proq yoqmoqda. U o'rganishni, yanada yaxshiroq bo'lishni istaydi. Vaqti kelishi bilan u jismonan kuchli bo'ladi».