"Real" hujumchisi Mariano Diasning Madriddagi taqdiri tobora mavhumlashib bormoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Qatarning «Ar-Rayyan» klubi yozgi transfer davridan beri dominikanlik futbolchiga qiziqish bildirib kelmoqda. 26 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Zidan qo'lostida hali birorta o'yinda maydonga tushmadi.
«Ar-Rayyan» esa yuqori saviyadagi markaziy hujumchi qidirmoqda. Qatarliklar Diego Kosta va Mario Manjukich nomzodlarini ko'rib chiqdi, ammo ularning muzokaralari samara bermadi.
Endi jamoa rahbariyati asosiy e'tiborni Marianoga qaratdi. Diasning «Madrid»dagi maoshi 4 mln evro ekanini rayyanliklar yaxshi bilishadi va ular bu maoshni futbolchiga to'lashga tayyor. O'z navbatida "Real" ham hujumchini sotishga qarshi emas.