"Galatasaroy" bosh murabbiyi Fotih Terim Chempionlar ligasidagi "Real" bilan bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz uchun bu kubok finaliga o'xshaydi, bizning yo'qotadigan hech narsamiz yo'q, biz oxirigacha kurashishimiz kerak.
Agar jadvalni tahlil qilsangiz, mag'lubiyatga uchragan taqdirimizda biz boshqa musobaqaga qanday yo'llanma olishni o'ylashimiz kerakligini ko'rasiz », dedi Terim.
O'yin bugun, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.