"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku 75 mln funt evaziga "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi. "Qizillar" sport-direktori Ed Vudvord "Real" hujumchisi Alvaro Moratadan voz kechib shunday qarorga keldi. Sababi Madridliklar Morataga tushgan bir necha takliflarni rad etgan edi.
"Everton" bilan "MYU" esa transferni kelishi oldi va Lukaku Los-Anjelosda "Manchester"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Hozirda 24 yoshli hujumchi Koliforniyada "MYU"ning boshqa bir futbolchisi Pol Pogba bilan birga dam olmoqda. Mankunianliklar yakshanba kuni Los-Anjelosga uchadi va o'sha yerda Lukaku qizil formani kiyadi. Lukakuning "Manchester Yunayted"ga o'tishiga yana bir sababchi Mino Rayola hisoblanadi. Rayola Lukakuning agenti sanaladi va bundan oldin u "MYU"ga Genrix Mxitaryan, Zlatan Ibrahimovich va Pol Pogbalarni sotgan edi.
Jamoa bosh murabiiyi Joze Mourinyo yana klubga bitta markaziy yarimhimoyachi va vinger xarid qilishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda "MYU" APLda eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lish bilan birgalikda eng kam to'p kiritgan jamoa bo'ldi (dastlabki 7 ta klub ichida).
Jamoaning asosiy to'purari Zlatan Ibrahimovich 28 o'yinda 17 ta gol kiritgan bo'lsa, Romelu Lukaku 37 o'yinda 25 ta to'p kiritdi.