"Real" hujumchisi Garet Beyl yanvar oyida jamoani tark etishga qat'iy qaror qildi.
Cadena SER tarqatgan xabarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi faoliyatini Xitoy superligasida davom ettiradigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning ishonchini qozona olmadi.
Beylning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Ushbu mavsumda u 7ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi