“ll Mattino” xabariga ko'ra, “Napoli”ning ispaniyalik 32 yoshli futbolchisi Xose Kalexon Xitoy klubiga o'tishi mumkin. Xose neapolliklar safida avvalgidan kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani sabab yanvardayoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Takidlanishicha, uning xizmatlariga “Dalyan Ifan” klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etish lozim, ushbu jamoada “Napoli”ning sobiq sardori Marek Gamshik ham to'p suradi.
Malumot uchun, Kalexon joriy mavsum A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.