«Betis» prezidenti Anxel Aro «Barselona» va «Real» klublari andalusiyaliklar yarim himoyachisi Daniel Sebalosga qiziqayotganini tasdiqladi.
«Biz Sebalosni olib qolishga harakat qilyapmiz, lekin "Barselona" va "Real" futbolchi borasida bizga qo'ng'iroq qildi. Danielning o'zi klubni tark etish niyati borligini aytmaguncha, u "Betis" futbolchisi hisoblanadi. Uning ta'tili tugashiga 2 hafta vaqt qoldi, ammo u qarorni ertaroq qabul qilsa kerak. Qarorni faqat u chiqaradi», — dedi Aro.