Darhaqiqat, hozirda Ispaniya chempionatida g'oliblik uchun kurash olib borayotgan klublarning ahvoli havas qilgudek darajada emas. Shunday bo'lsada, «Real Madrid»da chempionlik uchun imkoniyat mavjud. Bugun Madrid klubiga chempionlikni taqdim etishi mumkin bo'lgan omillar haqida so'z boradi.
Zidan o'z uslibida
Zidan jamoa muammolarga ko'milib qolgan bo'lsada, o'yin uslubini sekin-asta o'zgartirib bormoqda va shunday og'ir davrda ham muhim g'alabalar erishmoqda. Ayniqsa «Sevilya» va «Granada»ga qarshi uchrashuvlarda shakillangan jamoaviy futbol guvohi bo'ldik. Agarda Zizu shogirdlari o'sishda davom etsa, bir necha oydan so'ng o'z yo'nalishiga tushib oladi va ularni to'xtatib qolishning imkoni keskin pasayib ketadi.
Tarkib va yangi etakchilar
Hozirda «Real Madrid» jamoasi o'rtacha har biy o'yinda 6,7 bor raqib darvozasiga aniq zarba yo'llamoqda. Bu Ispaniyadagi eng yaxshi ko'rsatgich degani. O'tgan mavsumdagi omadsizliklardan so'ng, yangi mavsumda Benzema, Kazimiro, Ramos, Varan va boshqa futbolchilar sekin-asta o'zining avvalgi formasini tiklab bormoqda. Barcha tanqid qilgan Eden Azar esa, so'nggi 3 ta uchrashuvda 3 ta golli uzatma berdi va hisobiga bitta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Rodrigo va Vinisius singari iqtidorli futbolchilarga keraklmcha imkoniyat yaratib berilmoqda. Qisqacha qilib aytganda, «Real Madrid» o'z tarkibini shakillantirib bormoqda va tez orada bu mehnatlar o'z samarasinni ko'rsatadi.
Azar, Benzema, Beyl
«Barselona» Grizmanni harid qilgan bo'lsada, jamoaning hujumlari to'liq Messiga bog'liqligacha qolmoqda. To'g'risi, Valverde frantsuzni o'ziga noqulay bo'lgan nuqtada o'ynatmoqda va natija ham shunga yarasha desak, adashamgan bo'lamiz.
«Atletiko Madrid» hujumida ham chalkashliklar mavjud. Kosta Yoshi o'tgani sayin qiziqqon va janjalkash bo'lib bormoqda, Morata vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha tengsiz bo'lsa, Felishga biroz barqarorlik etishmayapdi. Ulardan farqli o'laroq «Real Madrid»ning hujum chizig'idagi yuk Azar, Beyl va Benzemaga bir hil yuklatilgan va ular hozirchi vazifani a'lo darajada uddalashmoqda. Tezkor, barqaror va katta g'alabalarni qo'lga kiritgan tajriba futbolchilar jamoaviy va yakka tartibda ham kuchli yakunlovchilar sirasiga kirad. Bu esa, chempionlik poygasining finishida Madrid klubiga qo'l kelishi mumkin.
Raqiblar muammosi va «La Liga» qadri
Afsuski, Simione Joaga hujumkor o'yinni va'da began bo'lsada, Felishdan Antuan Grizmanning o'rnida foydalanmoqda. Asosan qarshi hujumga tayangan jamoaviy o'yinda Felish o'zini to'liq namoyish etishga biroz qiynalmoqda. «Barselona» esa, Messisiz Ispaniyaning o'rtamiyoni klublaridan biriga aylanib qolishini barchamiz guvohi bo'ldik. Messining Yoshi 32 dan oshib ketganini inobatga olsak, u ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini EChL g'olibligi uchun ishlatadi. Ochig'i Messi uchun «La Liga» g'olibligining qizig'I ham qolmagan. U EChLda g'olib chiqish uchun ichki chempionat o'yinlaridan voz kechishga ham tayyor ekanligi hech kimga sir emas. O'zining asosiy raqiblarida farqli o'laroq, «Real Madrid» uchun Ispaniya chempionligi birinchi o'rindagi vazifaga aylangan. Hozirda qirollik klubi oldiga qo'yilgan mavsum oldi birinchi o'rindagi vazifa Ichki birinchilikda g'alaba qozonish va klubning mavqeyini ortga qaytarish.
Super rotatsiya
«Real Madrid»ning Zidan qo'l ostida 2016/17-yilgi mavsumda amalga oshirgan rotatsiyasi haqida alohida to'xtalib o'tish lozim. O'sha yili Zidan qo'l ostidagi 23 ta futbolchi umumiy hisobda o'rtacha 1000 daqiqa davomida maydonda to'p surishgan va hech kim zahira o'rindig'ida qolib ketmagan edi. Ushbu faktor evaziga, «Real Madrid» qishdan so'ng, jismoniy tayyorgarlikdagi ustunligi bois, ichki chempionatda ham EChLda ham g'olib bo'lgan edi. Hozirda Zidan yana o'sha tempda ish boshladi. «Sevilya»ga qarshi uchrashuvdan so'ng, 8 ta futbolchi zahiraga olindi. «Osasuna» bilan o'yindan so'ng, yana 6 ta futbolchiga dam berildi.
Ispaniyaning «Marka» nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Zidanning butun mavsum davomida futbolchilarni navbati bilan maydonga tushirish uchun oldindan tuzilgan rejasi mavjud. Unga ko'ra, har bir futbolchi bahorgi o'yinlarga qadar toliqib qolmasligi lozim. Ichki chempionat o'yinlarida hal qiluvchi so'nggi turlarlariga kelib toliqib qolgan raqiblarni engish ortiqcha kuch talab etmaydi va «Real Madrid» chempionat finishiga hammadan birini bo'lib etib keladi.