«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 12-turida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'yin ritmi va intensivlik borasida barchasi joyida bo'ldi. Undan tashqari, biz yaxshi o'ynadik, shunchaki gol ura olmadik. To'p darvozaga kirmadi. Ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik.
«Betis» yaxshi jamoa, ularning futbolchilari individual jihatdan yuqori mahoratga ega. Birinchi bo'limda har tomonlama ustunlikka ega bo'ldik, ammo, takrorlayman, faqat gol etishmadi. Tanaffusdan keyin o'yin nisbatan teng bo'ldi.
Benzema o'rniga Yovichni tushirganim bilan o'yinimiz sxemasini o'zgartirishni istamadim. Biz markazda uch yarim himoyachi bilan yomon o'ynamadik. Shuning uchun o'yinni jonlantirish uchun pozitsiyalar bo'yicha almashtirishni amalga oshirdim. Karvaxal va Mendi qanotlardan ko'proq uzatmalarni amalga oshirishini istagandim, ammo o'xshamadi», – dedi Zidan.