"Real" futbolchilari Garet Beyl va Xames Rodriges "Betis"ga qarshi LaLiganing 12-tur uchrashuvi yakunlanishini (0:0) kuta olishmadi.
Yuklab olishIkkala futbolchi ham jarohat tufayli maydonga tushishmadi, ammo "Santyago Bernabeu" stadionida uchrashuvni tomosha qilishdi. Malumotlarga ko'ra, Beyl va Xames bahs yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda arenani tark etishdi.
Eslatib o'tamiz, Garet 11-turdagi "Leganes"ga qarshi bahsda ham bahs yakunlanishini kutmagan edi.
Beyl va Xames "Real" qoidalarini buzishgani yo'q, chunki klub rahbariyati qaydnomaga kiritilmagan futbolchilarni o'yinni oxirigacha ko'rishga majburlamaydi.