“Real Madrid” hujumchisi Luka Yovich debyut golini urgandan keyingi his hayajon haqida gapirdi.
21 yoshli hujumchi “Leganes”ga (5:0) qarshi bahsda madridliklar safidagi debyut golini urishga erishgandi.
“Men bu golni uzoq kutgan edim. Buyuk jamoa meni sotib olib, xato qilmaganini isbotlashga harakat qilayotgan edim.
Gol o'rganimdan so'ng, elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Men hech qachon o'z imkoniyatlarimdan shubhalanmaganman. Meni oilam, murabbiy va jamoadoshlarim qo'llab-quvvatlab turishdi”, -deydi futbolchi.