«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo'ladigan «Betis»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Betis» maydoniga safar haqida
«Barcha jamoalar «Santyago Bernabeu»ga yaxshi o'yin ko'rsatish va muvaffaqiyatga erishish maqsadida tashrif buyuradi. Bu normal holat: biz bunga tayyor bo'lishimiz va bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Lekin biz bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak. Har bir o'yin — yangi tarix, 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun uchrashuvga tayyor bo'lishimiz kerak».
Garet Beyl haqida
«Bu jonga tekkan mavzu: Garet shu erda, u maydonda, barchasi bosqichma-bosqich sodir bo'lmoqda — u safimizga tezroq qaytishi uchun biz uni qo'llab-quvvatlaymiz.
Garet shu erda, uni qolishga ko'ndirish uchun hech narsa qilishimiz kerak emas. U safardan qaytdi va mashg'ulotda ishtirok etmoqda. U jarohatidan tiklandi, ammo hozircha maydonga tushmaydi. Qolgan barcha savollarni unga berish kerak».
«El-klasiko»ning ko'chirilgani haqida
«Nima yuz berganini bilmayman: qachon aytishsa, o'shanda o'ynaymiz. Shu bois, «Leganes»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqtga ega bo'ldik. Endi bizni yangi o'yin kutib turibdi. «Barselona» bilan esa 18 dekabrda uchrashamiz. Bu muammo emas, bu o'yin».
Eden Azar haqida
«U yaxshi o'ynay boshladi. Edenga muntazam gollar etishmayapti, lekin uning maydondagi harakatlaridan qoniqyapmiz: Eden kundan-kunga formasini tiklab bormoqda. U muntazam gollar ura boshlasa, biz yanada xursand bo'lamiz».