«Real» rahbariyati bosh murabbiy Zayniddin Zidan yarim himoyachi Garet Beyl bilan munosabatlarni yo'lga qo'yib olishini istamoqda.
Klubning xohishiga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis 30 yoshli futbolchi bilan shaxsiy masaladagi kelishmovchilikni bir chetga surib qo'yishi kerak. Boisi, jamoa manfaati shaxsiy kelishmovchilikdan ustun turishi kerak.
«Real» mutasaddilari hamon Beylni jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri deb hisoblashadi.