«Barselona» yarimhimoyachisi Serxio Buskets dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilarini tilga oldi.
«Dunyo futbolida juda ko'p yaxshi yarimhimoyachilar bor. Ularning har biri o'z o'yin uslubiga ega. Bir-biriga o'xshash futbolchini topmaysiz.
O'zim o'ynayotgan nuqtada Kazemironi ajratib ko'rsatgan bo'lardim. U juda yaxshi o'ynamoqda.
«Vilyarreal»dagi Bruno, «Chelsi»dagi Matich va Kante, «MYu» klubidagi Errerani ham tilga olishim mumkin. Ular zo'r mavsumni o'tkazdi» - dedi Buskets Marca xabarida.