Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko qishda jamoani tark etishi mumkin.
Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga “Yuventus” jiddiy qiziqib qolgan. Madridliklar prezidenti Florentino Peres futbolchi uchun 70 million evro talab qilmoqda. Biroq turinliklar ispanilyalik futbolchi uchun buncha summani to'lamoqchi emas. Agar “qirollik klubi” futbolchining narxini pasaytirsa, transfer yanvardlayoq amalga oshishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Iskoga shuningdek, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Napoli” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.