«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida bo'lib o'tgan "Leganes"ga qarshi o'yinni tomosha qilish uchun "Sanyago Bernabeu"ga tashrif buyurdi.
Uelslik futbolchi o'yinni tribunada o'tirib kuzatdi, ammo u uchrashuv oxiriga qadar stadionda qolmasdan, 82-daqiqada «Santyago Bernabeu»ni tark etdi.
«Real» ichki qoidalariga ko'ra, o'yinchilarga 80-daqiqadan keyin stadionni tark etishga ruxsat berilgan. Beyl ushbu qoidani buzmagani bois jarima to'lamaydi.
Madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'yindan keyin bu holatga izoh berib, Beylga o'yin tugamasdan arenadan chiqib ketishga ruxsat berilganini ta'kidladi.
Kecha bo'lib o'tgan o'yinda «Real» «Leganes»ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.