"Men Nacho va Lukas Vaskes bilan juda yaxshi kelishaman. Ramos bilan esa do'stmiz deb aytolmayman, ammo u bilan ham aloqalarim yaxshi. Alvaro Morata garchi "qirollik klubi"ni tark etgan bo'lsada, u haqida ham shu fikrlarni aytishim mumkin. Men har doim ular bilan do'stona munosabatlarda bo'lishga harakat qilaman.
Klassiko paytida bu munosabatlar unutiladi, biroq men ishdan qaytishim bilan tamomila o'zgaraman. Kimlardir uchun raqobat hayotning bir bo'lagiga aylangan, ammo men uchun emas. Men "Real" futbolchilariga nisbatan yomon munosabatda bo'lmaganman, ularni hurmat qilaman", - deydi Pike Sport.es nashriga bergan intervyusida.