«Real» hujumchisi Krishtiano Ronaldu Ibitsa orolidagi dam olish chog'ida «PSJ» prezidenti Nossir G'anim al-Xelayfiy bilan yashirin uchrashuv o'tkazgan.
OK Diario tarqatgan xabarga ko'ra, uchrashuv chog'ida portugaliyalik futbolchining "PSJ"ga o'tishi muhokama qilingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 million evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblagandi.
«PSJ» 4 karra «Oltin to'p» sohibi uchun 150 million evro to'lashga tayyor.