"Har doim "Real" safida o'ynashni orzu qilardim, dunyoning eng yaxshi jamoasi. Hozir bu erda o'zimni baxtli his qilmoqdaman. Kurtua bu eng yaxshi klub ekanini doim aytardi.
Men jahon chempionatidan keyinoq qaror qabul qilib bo'lgandim. O'zimga aytganman: "Hozir men "Real"ga o'tishim kerak". Lekin o'sha paytda bu imkonsiz edi va "CHelsi"da yana bir yil o'ynadim va mening ketishim uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Klub meni tushundi va ketishga ijozat berdi.
Florentino Peres bilan gaplashganimda, u meni Madridda kutayotganini aytgandi. SHuningdek, Modrichning ham suhbatini olganman. Taassurotim shunday bo'lgandiki, ularning barchasi meni "Real"da ko'rishni istashmoqda deb o'yladim va nihoyat bu amalga oshdi", – deydi Azar.