"Real" o'yinchisi Marselo 12 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilmoqda, ammo so'nggi paytlarda murabbiy uni kamroq o'ynatyapti.
SHu sababdan Braziliya terma jamoasi o'yinchisi Ispaniya poytaxtidan ketishga tayyor.
Marselo joriy mavsum "Real" safida La Ligada 4ta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Marselo "qirollik klubi" tarkibiga 2007 yilda "Fluminense"dan o'tgan edi va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.