«Real» klubi rahbariyati qishki transfer paytida yarim himoyachi Garet Beyldan qutulish payiga tushib qoldi. Tomonlar o'rtasidagi keskinlik hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Uelslik futbolchi uchun yaxshi taklif tushsa, madridliklar uni sotib yuborishadi.
Avvalroq Beyl Uels «Real»ga terma jamoasi safida olgan jarohati haqida ma'lumot tarqatishga ruxsat bermadi. Buning sababi noma'lumligicha qoldi.
Beyl «Malorka» va «Galatasaroy»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yubordi. Beyl ushbu mavsumda "Real" safida jami 7ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi.