«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl Uels terma jamoasi safida olgan jarohati haqida ma'lumot tarqatishga ruxsat bermadi. Buning sababi ma'lum emas, deya xabar tarqatdi AS nashri.
Taxminlarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi yana mushagidan jarohat olgan. Beyl FIFA kunlaridan keyin «Malorka» va «Galatasaroy»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Beyl ushbu mavsumda "Real" safida jami 7ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi.