"Real" himoyachisi Serxio Ramos 1 mln evro jarima to'lashga majbur bo'ladi, deb xabar beradi El Mundo.
Ispaniya g'aznachiligi futbolchiga imij huquqlari bo'yicha soliq qonunlarini buzganlik uchun shunday jazoni qo'lladi.
Avvalroq, markaziy himoyachi ushbu jarimadan 500 ming evro to'lagan edi.