Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Shalke 04" yarimhimoyachisi Leon Goretzkani o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda, bu haqida La Sexta nashri xabar berib o'tadi.
"Qirollik klubi" vakillari ushbu futbolchini Konfederatsiyalar kubogidagi o'yinlarini kuzatishgan. Ammo madridliklar futbolchini sotib olish biroz murakkab bo'ladi. Sababi Myunxenning "Bavariya" klubi Goretzkani qo'lga kiritish uchun jiddiy bel bog'lagan.
Xabarlarga ko'ra "Bavariya" va 22 yoshli futbolchi allaqachon shaxsiy kelishuvga erishgan, unga ko'ra futbolchi 2017/18-mavsum yakuniga yetgach erkin agent sifatida Myunxenga yo'l oladi.