Ispaniya Futbol Federatsiyasining boshi qotmoqda.
Ispaniya Futbol Federatsiyasi Ispaniya Superkubogi sanasini aniqlashtirishda muammoga duch kelmoqda. Bunga sabab Madridliklarning UEFA Superkubogida qatnashishi bo'lib turubdi. Federatsiya vakillari 13 va 16-avgust sanasini taklif etishgan, biroq yakuniy qaror 20-iyul kuni qabul qilinadi. Ishonchli manbaning xabariga ko'ra Superkubok 18-avgustdan o'tib ketmasligi kerak. Ushbu kunda La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionatiga start berishni rejalashtirmoqda.