"France Football" jurnali 2019 yilgi «Oltin to'p» sovriniga da'vogarlik qiladigan nomzodlar ro'yxatini e'lon qila boshladi.
Nashr hozircha 15 nafar futbolchining nomini ma'lum qildi. Dastlabki beshlikdan Sado Mane («Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Barselona»), Ugo Loris («Tottenxem») va Dushan Tadich («Ayaks») o'rin olishdi.
Ikkinchi beshlikka esa Kilian Mbappe («PSJ»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Donni van de Bek («Ayaks»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal») va Mark-Andre ter Stegen («Barselona») kiritildi.
Uchinchi beshlik Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Alisson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Karim Benzema («Real») va Jorjino Veynaldum («Liverpul»)dan iborat bo'ldi.
Nashr yana 15 nafar futbolchining ro'yxatini ma'lum qilishi kerak.
"Oltin to'p" topshirish marosimi 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tadi. Shuningdek, o'sha kuni ayol futbolchiga ham "Oltin to'p", 21 yoshdan kichik eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi darvozabon uchun Lev Yashin nomidagi sovrin o'z egalariga taqdim etiladi.