Chempionlar Ligasining 3-turidan o'rin olgan «Galatasaroy»ga qarshi bahs bosh murabbiy Zinedin Zidan uchun «Real» boshqaruvidagi so'nggi o'yin bo'lishi mumkin, deb yozadi El Mundo.
Manbaning xabariga ko'ra, klub rahbariyati «qaymoqranglilar»ning ushbu mavsumdagi o'yinlaridan xavotirda. Agar jamoa 22 oktyabr kuni «Turk Telekom –Ali Sami Yen» stadionida «Galatasaroy»ga mag'lub bo'lsa, frantsuz mutaxassisi ishdan olinishi mumkin. «Qirollik klubi» rahbariyati Zidanni Joze Mourino yoki Massimiliano Allegriga almashtirish variantini ko'rib chiqmoqda.
Zidan shogirdlari Chempionlar Ligasining 2-turidan so'ng atigi 1 ochko to'plashgan, Ispaniya La Ligasida esa «Barselona»dan 1 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turishibdi.