Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berib o'tdi.
"Agar o'yinni bunday boshlasangiz, ishlar murakkablashadi. Biz istaganimizdek o'ynay olmadik.
O'z maydonida o'z muxlislari qashisida to'p tepadigan jamoaning o'yini hayratga solmasligi kerak. Ammo dastlabki 8 daqiqa biz uchun kutilmagan bo'ldi. Ular gol urishdi va himoyaga o'tishdi, biz muammoga echim topa olmadik.
Jarohatlar futbolning bir qismidir. Jarohat olganlarning o'rniga boshqa futbolchilar maydonga tushishdi va ular odatdagidan yaxshiroq o'ynashlari kerak edi. Hech nima bahona bo'la olmaydi. Hamma "Real"da o'ynashi uchun etarlicha yaxshi futbolchiligini isbotlashi kerak.
Biz hamma narsani yaxshi tahlil qilib, shoshilinch xulosalar chiqarmasligimiz kerak. Men o'yindan mamnun emasman, lekin nima bo'lganini tushunishim kerak.
Muammo shundaki, har 3 kunda biz o'z darajamizni ko'rsatishimiz kerak. Biz beqarormiz. Men juda xavotirdaman, deb aytmayman. Ammo bu yil biror narsaga erishmoqchi bo'lsak, barqaror o'ynashimiz kerak", – deydi Zidan.