"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi o'yinda (0:1) raqibning darvoza tomon bergan yagona to'g'ri zarbasini o'tkazib yubordi.
Opta tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik posbon o'z davrozasi tomon berilgan so'nggi 14ta to'g'ri zarbaning 9tasini qaytara olmagan.
Kurtua ushbu mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol o'tkazib yubordi. Bu uchrashuvlarda Tibo 11ta seyv namoyish qildi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Kurtuani 2018 yilda "Chelsi"dan 35 million evroga xarid qilgan edi.