"Beshiktosh" futbolchisi Pepe kecha klub xodimlariga intervyu berib o'tdi va madridlik muxlislar bilan xayrlashdi.
"Men Madridning "Real" klubida 10 yil to'p surdim. Mening ikkita qizim Madridda tug'ildi, men 3 marta Chempionlar Ligasi va yana shuncha La Ligani yutdim. Men "Real Madrid"ni va uning muxlislarini yaxshi ko'raman." - deydi 34 yoshli futbolchi.
Pepe 2007-yildan 2017-yilgacha "Real"da to'p surib 300 dan ortiq o'yinlarda maydonga tushib 13 ta sovrin yutishga muvoffaq bo'ldi.